Dam olishlarsiz ishlaymiz! |
Maqolalar / 13/04/2020
Otorinolaringologiya (oto…, yun. rhis — burun, larynx — tomoqva …logiya), laringootorinologiya (LOR) — quloq, burun va tomoq hamda uning atrofidagi aʼzolar kasalliklarini oʻrganadigan fan. Eshituv fiziologiyasi, uning buzilishi va shunga aloqador kasalliklarni oʻrganish (audiologiya), ovoz fiziologiyasi, uning oʻzgarishi va bu oʻzgarishlarni keltirib chiqargan kasalliklarni oʻrganish (foniatriya), quloq ogʻir boʻlib qolishi, karlik sabablarini oʻrganish (surdologiya) ham O.ga kiradi. Normal va patologik sharoitda ichki quloq (asosan, labirint)ning bosh miyaning turli boʻlimlari bilan aloqasini oʻrganadigan soha otonevrologiya deb ataladi.
O. 19-asr oʻrtalarida xirurgiya va terapiyadan mustaqil soha sifatida ajralib chiqqan. Sobiq Ittifoqda 1922 yildan O. tibbiyot institutlarida mustaqil fan sifatida oʻqitila boshladi, i.t. institutlari tashkil etildi. Oʻzbekistonda bu sohadagi tadqiqotlar dastlab Oʻrta Osiyo universitetida prof. S. F. Shteyn tomonidan 1920 yilda tashkil qilingan kafedrada olib borildi. Oʻrta quloqning oʻtkir va surunkali yalligʻlanishi, uning asoratlarini aniqlash, karlikni davolash usullari ustida tadqiqotlar oʻtkazildi (qarang J. Mirazizov, A. I. Moʻminov, A. N. Dadamuhamedov, Gʻ. Q. Ibrohimov, S. A. Hasanov, K. A. Xoʻjayev, A. M.Hakimov). Hozirgi hiqiddoqning oʻtkir va surunkali yalligʻlanishi, xavfli va xavfsiz oʻsma kasalliklarini aniqlash, davolash muammolari ustida tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari, 1-ToshTIning O. kafedrasi qoshida quloq va yuqori nafas yoʻllari faoliyatini mikroxirurgik usulda tiklash markazi, 2-ToshTIning O. kafedrasi qoshida eshitish qobiliyatini qayta tiklash markazi va foniatriya ilmiy-amaliy markazi tashkil etilganligi bu sohadagi i.t. ishlari koʻlamining kengayishiga olib keldi. Oʻzbekistondagi barcha tibbiyot intlarida O. fan sifatida oʻqitiladi. Qoʻchqor Mirazizov.
Toshkent sh., Yunusobod 8-kvartal, 39-uy |
Dam olishlarsiz ishlaymiz! |