Doimiy ishlovchi LOR 24/7
Toshkentda LOR 24/7!

LOR klinika markazi Hijoma Zuluk sentr Toshkent Yunusobod Chilonzor Lor 24/7 klinika

Dam olishlarsiz ishlaymiz!

Eshitish pastligi

Eshitish sifati pasayishiga, asosan, nimalar sabab bo‘ladi?

Olimlarning ma’lumotiga ko‘ra, shamollash kasalliklaridan tashqari, ichkilikka berilish, uzoq yillar davomida chekish va muntazam quloqchinlardan foydalanish eshitish qobiliyatining pasayishiga sabab bo‘ladi.

– Eshitish sifati pasayishiga, asosan, nimalar sabab bo‘ladi?

– Eshitishning turli darajada pasayishi dunyo aholisining 6 foizida uchraydi,
– Eshitish pasayishi nasliy, tug‘ma, orttirilgan hamda o‘tkir va surunkali turlarga ajratiladi. Eshitishning zaifligiga, jumladan, tug‘ma nuqsonlar, o‘rta quloqning o‘tkir va surunkali yallig‘lanishlari, sekretor otit, virusli kasalliklar, otoskleroz, Men’er xastaligi, sensonevral’ eshitish xastaligi, boshqa a’zolardagi o‘zgarishlar sabab bo‘ladi. Shuningdek, gentamisin, kanamisin, neomisin va monomisin toksik dorilarni qabul qilish, shovqin va vibratsiyalarning uzoq muddatli ta’siri, qon tarkibidagi o‘zgarishlar kabi holatlar ham sababchidir.

–Quloqdagi shovqin qanday kasallikdan darak beradi? Shamollash oqibatida ham bu holat yuzaga kelishi mumkinmi?

– Quloqdagi shovqin quloq kasalliklari oqibatida yoki quloqdan tashqi a’zolar xastaliklari sababli bo‘ladi. Agarda tashqi, o‘rta va ichki quloqning xastaliklari mavjud bo‘lsa, ular shovqinning sababi deb qaraladi. Biroq bu holatda shovqin bilan bir qatorda, insonda eshitishning turlicha pasayishi kuzatiladi.

Quloqdan tashqaridagi miyadagi patologik jarayonlar, jumladan, yallig‘lanish, turli xil o‘smalar, bo‘yin tomirlaridagi va umurtqa pog‘onasida o‘zgarishlar, qonning tarkibiy o‘zgarishlari, xususan, qandli diabet, ichki a’zolar xastaliklari ham shovqinning sababi hisoblanadi. Ayrim bemorlarda quloq kasalliklari va undan tashqari omillar birgalikda shovqinni keltirib chiqaradi. Quloqda shovqin paydo bo‘lsa, bemorlar mukammal tekshiruvlardan o‘tishi lozim bo‘ladi.

– Bolalarda quloq yallig‘lanishi ko‘p kuzatiladi. Ota-onalar farzand tarbiyasida quloq kasalliklariga duch kelmaslik uchun nimalarga ahamiyat qaratgan afzal?

– Otit – bu quloqning yallig‘lanishi hisoblanadi va, ayniqsa, kichik yoshdagi bolalarda o‘rta quloqning yallig‘lanishi ko‘p uchraydi. O‘tkir otitlarda quloqda kuchli og‘riq bo‘ladi. Mazkur holatda nog‘ora pardaning tagida suyuqlik yig‘iladi va kuchli bosim oqibatida og‘riq bo‘ladi. Quloq majmuasi miyaga taalluqli hisoblangan chakka suyagi ichida joylashgan bo‘lib, og‘riq nafaqat quloqda, balki bosh sohasida ham bo‘ladi. Shu bois quloq kasalliklarining miyaga asorat berish ehtimoli xavfli hisoblanadi.

Quloq kasalliklarining oldini olish uchun, birinchi navbatda, burun va uning yondosh bo‘shliqlari, dimog‘ va tomoq xastaliklarini davolash kerak. Shu bilan birga, ota-ona farzandining immunitetini ko‘tarishi, qulog‘iga suv kirishining oldini olish va jarohatlardan asrashi lozim bo‘ladi.

– Uy sharoitida quloqni tozalash salomatlikka putur yetkazmaydimi?

– Qulog‘i quruq va nam insonlar bo‘ladi. Tashqi eshituv yo‘lidagi maxsus bezlar quloq chirkini ajratadi, bu chirk aslida himoya vazifasini bajaradi. Tashqi eshituv yo‘lida chirk yig‘ilsa, uni kunora uy sharoitida biroz tozalash mumkin. Biroq chirk tiqin shaklida bo‘lsa, uni LOR shifokori yuvishi lozim bo‘ladi. Kun davomida quloqni tez-tez tozalash oqibatida tashqi eshituv yo‘lini jarohatlash ham mumkin.

LOR klinika markazi Hijoma Zuluk sentr Toshkent Yunusobod Chilonzor Lor 24/7 klinika

Toshkent sh., Yunusobod 8-kvartal, 39-uy
Mo'ljal: Sezam restorani roʻparasida, Mega Planetdan 700m

LOR klinika markazi Hijoma Zuluk sentr Toshkent Yunusobod Chilonzor Lor 24/7 klinika

Dam olishlarsiz ishlaymiz!