Burun chipqoni (Frunkul) Бурун чипқони belgilari, sabablari va samarali davolash
Burun chipqoni (Frunkul) Бурун чипқони belgilari, sabablari va samarali davolash
Burun chipqoni (Frunkul) Бурун чипқони
Frunkul (xalq tilida “chipqon”) – bu mahalliy yiringli-yallig‘lanishli, stafilokokklar chaqiradigan jarayon. Uning rivojlanishi ko‘proq soch follikulalarida kechadi. Ba’zi hollarda zararlangan o‘choqlar ko‘p bo‘ladi, bunda kasallik – frunkulyoz deb nomlanadi.
Frunkul (chipqon) eng ko‘p uchraydigan joylar
- Burun, iyak, quloq orti sohasi, peshona;
- Bo‘yinning yon va orqa tomonlari terisi;
- Tirsak va bilak sohasi terisi;
- Son, dumba sohasi.
- Yuz sohasi — frunkul ko‘p uchraydigan soha. Chunki yuz terisida yog‘ bezlari ko‘p bo‘ladi va ulardan patogen mikroorganizmlar kirishi juda oson. Ayniqsa, burun va lab yuqori sohasidagi uchraydigan frunkul yoqimsiz va asoratli bo‘ladi. Eshituv yo‘llaridagi “chipqon” eng xavflisi hisoblanadi.