|
Dam olishlarsiz ishlaymiz! |
Maqolalar / 12/05/2020
Quloq shang’illashi — sabablari, rivojlanishi, quloqlardagi shovqinni davolash, oldini olish
Ko’pincha shunday savolni eshitish mumkin: «Qaysi quloq shang’illashi bezovta qilmoqda?» Lekin kunduzi ham, kechasi ham quloq shovqinlansa nima qilish kerak? Bu muammoga duch kelganlar uni ochiq gapirishdan xijolat tortishadi. Axir, shang’illash ovozi tashqaridan emas, balki ichkaridan chiqmoqda. Qanday qilib boshqalarga mavjud bo’lmagan ovozni eshitayotganingizni tushuntirish mumkin? Darhaqiqat, gap tibbiyotda tinnitus deb ataladigan holat haqida bormoqda.
Tinnitus (lot. tinnīre — «qo’ng’iroq kabi jaranglash») — bu quloqlarda shovqin yoki shang’illash eshitilishi hissi. Ko’pincha, odamlar shovqinni yuqori chastotali ovoz deb tasvirlashadi. Turli ma’lumotlarga ko’ra, dunyo aholisining beshdan sakkiz foizigacha qismi bu xastalik bilan yashaydi. Tinnitus odatda qariyalarga xos deb qabul qilinadi. Shunga qaramasdan, bu muammo ko’pincha yoshlarda ham kuzatilmoqda. Bu shovqinli joylarga tashrif buyurish, shuningdek, quloqchinlar vositasida baland ovozda musiqa tinglash bilan bog’liq.
Tinnitus yetarlicha keng tarqalgan; 55 yoshdan 65 yoshgacha bo’lgan yoshdagi guruhda har 5 nafar kishidan bitasi o’zida alomatlar mavjudigini aytadi; ko’proq ixtisoslashtirilgan tadqiqotlar 11,8% qiymatni ko’rsatdi.
3-Jahon kongressining «Tiklantiruvchi tibbiyot va reabilitatsiya 2006» materiallari asosida Rossiya Milliy otorinolaringologlar tibbiy uyushmasi tomonidan ishlab chiqilgan «Quloqdagi shovqin» uslubiy ko’rsatmalariga ko’ra, quloqlarda shovqin yetarlicha keng tarqalgan: bir necha mualliflar ma’lumotiga ko’ra, 35-45% gacha kattalar vaqti-vaqti bilan quloqda shovqin eshitishadi, 8 foizi doimiy shovqin sezishadi va 1 foizi kundalik hayotda xalaqit beradigan shovqindan aziyat chekishadi.
Yevropa va Shimoliy Amerikada o’tkazilgan tadqiqotlar, dunyoda kattalarning 1/3 qismi kamida bir marta quloq shang’illashini boshdan kechirgan, deb ko’rsatdi. Bu borada taxminan 18 million amerikalik tibbiy yordam olish uchun murojaat qilishadi, 2 millioni esa nogiron hisoblanadi. Ispaniyada tinnitusdan 4 million kishi aziyat chekadi. Germaniya tinnitus-ligasi (Deutchen Tinnitus-Liga) ma’lumotlariga ko’ra, Germaniyada uch milliondan ortiq kishi quloq shovqinidan aziyat chekadi va har yili bu raqam 250 ming kishiga ortib bormoqda. Bolalar juda kamdan-kam hollarda ushbu xastalikdan bolalar shikoyat qiladi, tug’ma karligi bo’lganlar esa deyarli hech qachon. Quloq shang’illashi hech bir kasallikning majburiy alomati hisoblanmaydi, lekin bu xastalikka chalingan bemorlarning 85 foizida 250-8000 Hz oralig’ida eshitishni yo’qotish qayd qilinganligi ma’lum.
Amerika otorinolaringologlar akademiyasi ma’lumotlariga ko’ra, quloqlardagi shovqin ko’proq erkaklarda, ispancha gapirmaydigan oq tanlilar, tana massasi indeksi ≥30 kg / m2 bo’lgan, bezovtalik kasalliklari bo’lgan shaxslar, yuqori qon bosimi, qandli diabet, dislipidemiyta tashxisi mavjud bo’lganlarda uchraydi. Tamaki chekish va tinnitus o’rtasidagi bog’liqlik tasdiqlanmagan.
Rossiya Fanlar akademiyasining Rus soveti akademigi I.B. Soldatov to’rt darajada farq qiladigan quloq shovqini darajasi bo’yicha klinik tibbiyot uchun tasnifni ishlab chiqdi:
Germaniya klinikalarida tinnitusning quyidagi tasnifi qo’llaniladi:
— vaqti bo’yicha:
— ikkilamchi alomatlari bo’yicha:
Toshkent sh., Yunusobod 8-kvartal, 39-uy |
Dam olishlarsiz ishlaymiz! |