Dam olishlarsiz ishlaymiz! |
Maqolalar / 30/06/2020
Quloq suprasi – teri bilan qoplangan elastik tog‘aydan tuzilgan bo‘lib, tovush to‘lqinini ushlash vazifasini baja- radi. Tog‘ay quloq chetida qayrilib supra burmasini hosil qiladi. Quloq suprasining asosini 0,5–1 mm qalinlikda- gi elastik tog‘ay tashkil qilib, u har yon tomonidan teri hamda tog‘ay usti pardasi bilan qoplangan. Quloq suprasi uning tashqi sathini o‘rab olgan gajak va ichki tomon- dan unga qarama-qarshi joylashgan bolishsimon gajakdan tuzilgan. Quloq suprasining oldingi tomonidan ko‘tarilib tashqi eshi tuv yo‘lini berkitib turadigan bo‘rtmasi supacha deyiladi. Uning orqa tomonidagi boshqa bo‘rtmasi qarshi supacha deyiladi. Quloq suprasining pastki qismida tog‘ay plastinka o‘rnida yumshoq yog‘ qatlami bor. Bu joy quloq yumshog‘i deyiladi. Quloq suprasi voronkasimon torayish hosil qilib, tashqi eshituv yo‘liga aylanadi.
Tashqi eshituv yo‘li uzunligi 30–35 mm li «S» simon kanal bo‘lib, tashqi tomondan quloq teshigi, ichkaridan nog‘ora parda bilan chegaralanib turadi. Tashqi eshituv yo‘li teri bilan qoplangan, quloq suprasi terisining davomi hisoblanadi. Tashqi eshituv yo‘lining pardali tog‘aysimon bo‘limidagi terining qalinligi 12 mm bo‘lib, sertuk, yog‘ va sera ishlab chiqaradigan bezlari bor. Bu bezlar shaklan o‘zgargan yog‘ bezlaridir. Ular jigarrang sekret ajratadi, bular o‘z navbatida yog‘ bezlari ajratmasi va tashqi eshituv yo‘li terisidan ko‘chgan epiteliylar bilan birgalikda quloq kirini hosil qiladi. Nog‘ora parda (membrana tympani) soat oynasiga o‘xshash botiq doira shaklida bo‘lib, yupqa va elastik to‘qimadan tuzilgan, diametri o‘rta yoshdagi odamlarda 9 x 12 mm cha bo‘ladi. Quloqning nog‘ora pardasi nog‘ora bo‘shlig‘ining tashqi devori hisoblanadi. U tashqi quloqdan o‘rta quloqni ajratib turadi. Shakli no- to‘g‘ri (oval ko‘rinishida bo‘lib) juda qattiq, xiyol elastik va juda yupqa (0,1 mm gacha) anatomik tuzilmadir. Nog‘ora parda 3 qavatdan iborat: tashqi – teri qavat (bezsiz va so‘rg‘ichlarsiz), ya’ni tashqi eshituv yo‘li terisining davomi hisoblanadi, ichki shilliq qavati – nog‘ora bo‘shlig‘i shilliq pardasining davomi sanaladi, o‘rta qavat – biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan ikki qavatli tolalardan (tashqi radiar va ichki aylana tolalardan iborat). Nog‘ora parda tashqi eshitish kanali bilan o‘rta quloq chegarasida joylashgan aylana ariqchaga soat oynasi soat korpusiga joylashgandek kirib turadi.
Ichki quloq (auris interna) murakkab tuzilgan bo‘lib, chakka suyagining piramidasimon o‘simtasi ichida joy- lashgan va labirint deb ataluvchi suyak kanallaridan tuzil- gan. Suyak labirinti ichida pardasimon labirint joylash- gan. Pardasimon labirint endolimfa bilan, suyak labirinti bilan pardasimon labirint orasidagi bo‘shliq esa kimyoviy tarkibiga ko‘ra orqa miya suyuqlig‘iga o‘xshash perilimfa.
Dahliz (vestibulum) suyak labirintining markaziy qis- mini tashkil etib, uning tashqi devorida dahliz darchasi, qarama-qarshi ichki devorida dahlizning pardasimon xal- tachalari uchun 2 ta yuza chuqurchalar bo‘ladi. Oldingi xaltacha dahlizning oldingi tomonida joylashgan parda- simon chig‘anoq bilan, orqadagi xaltacha esa dahlizning orqa va yuqori tomonida joylashgan 3 ta pardasimon yarim doira kanal bilan tutashadi.
Quloq fiziologiyasi
Eshitish analizatori fiziologiyasi – tashqi quloqdan boshlanib, bosh miya po‘stlog‘ida tugaydigan bir butun sistemadir. Bu sistemalarning har biri ma’lum bir funksi- yaga ega bo‘lib, uning buzilishi eshitishni qisman yoki to‘la yo‘qolishiga olib keladi. Eshituv analizatorining adekvat ta’sirlovchisi tovushdir. Quloq suprasi tovushning yo‘nalishini aniqlashda qatna- shadi. Uning shakli va eshitish yo‘llarining tuzilishi tovush to‘lqini bosimining ortishini ta’minlaydi. O‘rta quloq tizimi tovush to‘lqinlarini to‘liqligicha ich- ki quloqqa yetkazilishini ta’minlashga mo‘ljallangan. Bu jarayon o‘rta quloqda mavjud bo‘lgan «mexanizmlar» yor- damida amalga oshiriladi. Nog‘ora parda, tovush kuchi va tovush to‘lqini bosimini labirint dahliziga uzatadi. Eshituv suyakchalarining zanjiri ikkita – antogonist mushaklar bilan bog‘langandir. Shuning uchun uzangida tovush to‘lqinining bosimi ortib, natijada nog‘ora parda va labirint dahlizi bilan kontakt hosil bo‘ladi. Odamning qulog‘i tashqi muhitdan 16 dan 22000 Gs gacha tebranadi- gan tovushlarni qabul qiladi. Eshitish qobiliyati odamlarda 20–30 yoshlarda eng yuqori nuqtaga yetadi. Odamlarda mazkur qobiliyatning paydo bo‘lishi va rivoj lanishini ta’riflovchi ko‘p nazariyalar mavjud. Masalan 1868-yilda nashr etilgan Gelmgolsning rezonans nazari- yasi, P.Lazarevning (1925-y.) ion nazariyasi, Bekoshning (1960-y.) gidravlik nazariyasi va hokazolar. Tovush tebranishlarining minimal energiyasi eshi- tiladigan tovushni sezishga olib keladi, bu – tovushni eshi- tish bo‘sag‘asi deyiladi. Tovushning o‘lchov birligi detsibel (dB) dir.
Quloqni tekshirish usullari
Quloqni tekshirish anamnez to‘plashdan boshlanadi, so‘ngra uni ko‘zdan kechiriladi va eshituv fiinksiyasi tek- shiriladi. LOR azolarini mujassamlashgan holda tekshirish- da quloqni ko‘zdan kechirishdan oldin hamisha burun va halqumni qarab chiqiladi. Bemorning shikoyatlarini aniqlashda quyidagilarga alo- hida ahamiyat beriladi: Quloqda og‘riq bormi, bor bo‘lsa uning xarakteri qanday? Yiring oqadimi? Qulog‘i og‘irlashganmi yoki butunlay eshitmaydimi? Qulog‘i shang‘illaydimi? Boshi aylanadimi? Bemorning o‘zini qanday his qilayotganini, bosh og‘rig‘i, et junjikishi bor-yo‘qligini aniqlash ham katta ahamiyatga ega. Bemor qulog‘i og‘rishidan oldin griрp, o‘tkir tumov kabi kasalliklar bilan og‘rigan-og‘rimaganligini aniqlash zarur.
Toshkent sh., Yunusobod 8-kvartal, 39-uy |
Dam olishlarsiz ishlaymiz! |