Dam olishlarsiz ishlaymiz! |
Burun bitishi — respirator (nafas yo’llari) infektsiyaning odatiy hamrohi hisoblanadi, biroq dunyo aholisining 90 foizidan ko’prog’i bu muammo bilan faqatgina shamollash va gripp orqali tanish emas. Burundan nafas olishning qiyinlashishi vaqti-vaqti bilan boshqa omillar — allergiya, zamburug’ kabilar tufayli yuzaga keladi. Shu bilan birga, vaziyat idiopatik, ya’ni uning sababi aniqlanmagan bo’lishi ham mumkin. Nima uchun nafas olish bilan muammolar yuzaga keladi va surunkali burun bitishiga qarsi qanday kurashish mumkin, quyida batafsil.
Kattalar bolalarga nisbatan kamroq shamollashadi, biroq ayni paytda burun bitishi ularni yetarlicha muntazam ravishda bezovta qiladi. Burundan nafas olish qiyinligining sabablari ko’pincha quyidagilardir:
Ekologik omillar ham vaqtinchalik burun bitib qolishiga sabab bo’lishi mumkin. Masalan, ko’pincha organizm sovuq harorat yoki uning keskin tushib ketishiga shu tariqa javob qaytaradi, sovuqdan issiq xonaga kirganda ham nafas olish qiyinlashishi mumkin.
Eng ko’p muammoni surunkali burun bitishi chaqiradi, u bemorga yillar davomida noqulaylik yetkazishi mumkin. Otorinolaringologlar ushbu holatning bir nechta turini ajratishadi:
Ushbu tashxislar — shilliq qavatning patologik holatidir. Biroq, doimiy burun bitishi butunlay davolanmagan infektsiyalar natijasida paydo bo’lishi ham mumkin, bu ayniqsa katta yoshli bemorlar uchun xosdir.
Yetarlicha burundan nafas olmaslik hayot sifatiga sezilarli ta’sir ko’rsatishi mumkin — inson bosh og’rig’i, charchoq, shilliq qavatning qo’zg’alishi, hid bilishning yomonlashishi, uyqusizlikdan aziyat chekishi mumkin. Shuning uchun, surunkali tumovda shifokorga murojaat qilib, burunning bitishiga sababchi bo’lgan omilni aniqlash kerak.
Homiladorlik davrida immunitet zaiflashadi, shuning uchun bu davrda ayollarda O’RVI ehtimoli juda yuqori bo’ladi. Nafas olish qiyinligining asosiy sabablari bu holda shamollash hisoblanadi.
Shunga qaramay, statistika ma’lumotlariga ko’ra, homilador ayollarning 30 foizida tumov yoki respirator infektsiyalarsiz ham burun bitishi kuzatilishi mumkin. Uning sabablari ko’pincha allergenlar va shilliq qavatdagi tomirlar faoliyatining buzilishi hisoblanadi. Gormonlar ta’siri ostida burun yon bo’shliqlarida surunkali shish bilan kechadigan vazomotor rinit paydo bo’lishi mumkin, shuning uchun homiladorlik davrida burun bitishi ko’pincha organizmning gormonal o’zgarishlari bilan bog’liq bo’ladi. Ushbu tumovni davolash faqat simptomatik bo’lishi mumkin, masalan, tomir toraytiruvchi vositalarni qo’llash. Biroq, ular ehtiyotkorlik bilan va shifokor nazorati ostida qo’llanilishi kerak, chunki me’yordan oshib ketishi natijasida medikamentoz rinit — burunning tomir toraytiruvchi tomchilar tufayli bitishi rivojlanishi mumkin.
Tumovning oldini olish uchun toza havoda ko’proq vaqt o’tkazish, ko’proq suyuqlik ichish va kuchli hidli kosmetika mahsulotlaridan voz kechish kerak, chunki homiladorlik paytida allergiya rivojlanishi xavfi ortadi.
Chaqaloqlarda burun bitib qolishi ularning tug’ilishidanoq yuzaga kelishi mumkin. Shunisi e’tiborga loyiqki, chaqaloq hayotining birinchi oylarida infektsiyalar ehtimoli juda past bo’ladi, chunki uning organizmini onadan o’tgan antitanalar himoya qiladi. Shuning uchun, bu davrda burun bitishi sabablari boshqa joydan izlash kerak.
Infektsion rinit bo’lsa, davolashni o’z vaqtida boshlash juda muhimdir, chunki zaruriy terapiya bo’lmagan holda, burunda shilliq tezda to’planib qoladi. Bu asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin, chunki «to’lib» qolgan burunda bakteriyalar osonroq ko’payadi. Davolash uchun xalq tabobati vositalari ham mos keladi — ingalaytisyalar, burunni chayish, o’simlik damlamalarini qabul qilish. Bolalarda tumovni davolashning asosiy usullaridan biri — ko’p miqdorda suyuqlik ichishini ta’minlashdir. Bu shilliqni quyuqlashmasligi, osonlikcha burundan chiqishi uchun kerak. Burun bitishi isitma bilan kechadigan bo’lsa, suyuqlik ichish ayniqsa muhimdir, chunki bu holatda organizm ko’p suyuqlik yo’qotadi.
Bolalikda burun to’sig’ining tug’ma anomaliyalari kuzatilishi mumkin, bu esa nafas olishning qiyinlishuviga olib keladi. Statistikaga ko’ra, dunyo aholisining qariyb 68 foizi bu muammodan aziyat chekadi. Shu bilan birga, bolada burun to’sig’ining qiyshayishi aniqlanishi kardinal davolash usullarini tanlash uchun sabab bo’lmasligi kerak. Gap shundaki, odamlarning ko’pchiligida burun tabiiy assimetriyaga ega bo’lib, keyinchalik bu ularga hech qanday noqulaylik tug’dirmaydi.
Shuning uchun, agar bolada burun bitishi tug’ma anomaliyalar tufayli kelib chiqqan bo’lsa, nafas olishga to’sqinlik qiluvchi boshqa sabablar: allergenlar, salbiy atrof-muhit sharoitlari, organizmning suvsizlanishi va boshqa sabablarni bartaraf etish kerak. Muammo qiyinchilik tu’gdirishda davom etsa, to’siqni jarrohlik yo’li bilan to’g’rilash talab etilishi mumkin.
Bolaning burni bitishi ko’pincha atrof-muhit sharoitlari bilan ham bog’liq bo’ladi. Hatto infektsion kasalliklarda ham ular alomatlar namoyon bo’lishida, tumov kechishining jiddiyligida, shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan asoratlar rivojlanishida muhim rol o’ynaydi.
Burundan nafas olishga quyidagilar salbiy ta’sir qiladi:
Burun bo’shlig’i butun kalla suyagi yuz qismining juda katta qismini egallaydi, kattalarda uning hajmi 200-300 ml gacha etadi. Bundan tashqari, suyaklar yaqinida qo’shimcha bo’shliqlar — sinuslar (burun yon, frontal, etmoid) mavjud. Ularning yallig’lanishi ham burunning bitib qolishiga ta’sir qilishi mumkin.
Burundan nafas olishning muhim shartlari burun to’sig’ining to’g’riligidir. U ikki qismdan iborat: harakatchan (tog’ay) va harakatsiz (suyak). Har qanday qismning qiyshayishi nafas olishning qiyinlashishiga olib kelishi mumkin. Normada, deyarli har bir kishining burun to’sig’i burunning qoq markazida bo’lmaydi. Biroq, agar qiyshayganligi juda kuchli ifodalangan bo’lsa, u sinuslarning faoliyatiga ta’sir qiladi, bu ulardagi dimlanishlarga olib kelishi mumkin va mos ravishda burunning doimiy bitishiga sabab bo’ladi.
Ushbu holatning o’ziga xos belgilari:
Ko’pincha burun to’sig’ining qiyshayganligini qurollanmagan ko’z bilan ham ko’rish mumkin — burun chizig’ining bir tomonga egilganligi yoki burunga yondan qaralganda egriliklar aniqlanishi mumkin. To’g’ri tashxis qo’yish shifokor tomonidan amalga oshiriladi, u tekshiruv va rentgenogrammalar asosida xulosa qiladi. Burun to’sig’ining qiyshiqligi sababi jarohatlar, burun yo’llarida yot jismlar yoki poliplar mavjudligi, shuningdek, irsiy xususiyatga ega bo’lishi mumkin.
Surunkali burun bitishi ko’pincha vazomotor rinit — shilliq qavatlardagi tomirlarning doimiy kengayishi bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Bu tarzda organizm juda quruq havo, allergenlarning mavjudligi, ifloslangan yoki chang havo, virus va bakteriyalarning burun yo’llariga kirishiga nisbatan javob qaytarishi mumkin. Ba’zi hollarda burun shilliq qavatning shishishi stress, homiladorlik yoki hayz paytida gormonal o’zgarishlarning natijasi bo’lishi mumkin.
Vazomotor rinitning burun bitishi bilan birga kechadigan xarakterli belgilari:
Agar vaziyat surunkali bo’lsa, shamollashdan keyin o’tib ketmasa, LOR`ga murojaat qilish kerak.
Burunning bitishi shuningdek ortiqcha shilliq hosil bo’lishi tufayli kuzatilishi ham mumkin. Odatda, burunning sinuslari doimo namlanib turadi, ularda kam miqdordagi shilliq bo’ladi. Aynan shu shilliq o’pkaga ketayotgan havodagi patogenlar, chang zarralari, allergenlar va boshqalarni ushlab qolishga yordam beradi. Oz miqdordagi shilliq nafas olishiga to’sqinlik qilmaydi, ammo ba’zi sabablarga ko’ra gipersekretsiya kuzatilsa, ajralmalar burun yo’llarini butunlay to’sib qo’yishi mumkin.
Burunning shilliq bilan tiqilib qolishining eng keng tarqalgan sababi, nafas olish tizimining virusli va bakterial kasalliklaridir. Virusli kasalliklarda shilliq shaffof bo’ladi, ikkinchisida esa yashil rangga ko’rib, unda qon kiritmalari mavjud bo’lishi mumkin.
Shilliq qavat tashqi ta’sirga nisbatan ham gipersekretsiya bilan javob berishi mumkin:
Agar burun bitishining sababi shilliq bo’lsa, uni quyuqlashishiga yo’l qo’ymaslik juda muhim ahamiyatga ega. Dimlanishlar bakterial va zamburug’li infektsiyalarining rivojlanishiga olib kelishi va bu jarayon peshona va burun yon sinuslariga tarqalishi mumkin. Bu esa jiddiy sinusit, xususan gaymorit rivojlanishi demakdir. Shilliq reologiyasini yaxshilash uchun ko’p suyuqlik ichish, nafas olinayotgan havoni namlash, burunni yuvish mumkin.
Chaqaloqlar va go’daklarda burun uning yo’llariga yot jismlar — kichik tangachalar, tugmalar, o’yinchoqlarning kichik elementlari, no’xat, yong’oq, oziq-ovqat zarralari va boshqa narsalar kirib qolishi tufayli bitishi mumkin.
Ushbu holatning belgilari:
Bunday holatlarda yot jismni chiqarib olish faqat shifokor tomonidan amalga oshirilishi mumkin, chunki burunni mustaqil tozalashga urinish vaqtida uning shilliq qavatiga shikast yetkazish yoki yot jismni yanada chuqurroq itarib yuborish mumkin.
Neoplazmalar (o’smalar) yoki poliplar ham burun yo’llarini to’sib qo’yishi mumkin. Bunday holda alomatlar o’xshash bo’ladi, lekin burunning bitishi asta-sekin rivojlanadi.
Burun bitishi turli etiologiyaga ega bo’lishi mumkin, shuning uchun terapiya turi faqat qo’shimcha alomatlar va tekshiruv natijalarini o’rganish asosida tanlanadi.
Yuqorida aytilganidek, bu holat virusli va bakterial infektsiyalarda kuzatilishi mumkin. Bu holda tegishli virusga qarshi preparatlar, simptomatik terapiya yoki antibiotiklar tanlanadi.
Agar buning sababi allergiya bo’ladigan bo’lsa, u holda aksa urish, qichish va boshqa belgilar hamrohlik qilishi mumkin.
Ushbu belgilar quyidagi kasalliklar uchun xosdir:
Anginada esa yo’tal bo’lsada, burun bitishi qayq qilinmaydi.
Bu belgilarning kombinatsiyasi shilliq qavatlarning kimyoviy kuyishi uchun ham xosdir, masalan, kundalik gigienik mahsulotlarning nafas yo’llariga kirish oqibatida. Biroq, ushbu tashxisda burundan shilliq ajralishi kuzatilmaydi. Jiddiy hollarda kishining nafas olishi qiyinlashishi mumkin, hatto og’iz orqali ham.
Ba’zida burunning bitishiga boshning old qismida, ko’z ostida (burun yon sinuslari hududida) lokalizatsiyali og’riq hamrohlik qiladi, og’riq yuqori va pastki jaqqa tarqalishi mumkin. Ushbu alomatlar sinusitning eng ko’zga ko’ringan belgilaridan biri — bu peshona va burun yon bo’shliqlarining yallig’lanishiga xos. Bundan tashqari, kasallik yashil yoki sariq rangli shilliq ajralishi bilan birga kechadi, ammo yo’tal bo’lmasligi ham mumkin.
Sinuslarning shikastlanishida og’riqlar o’tmas, yetarlicha kuchli bo’ladi va sezilarli noqulaylik tug’diradi. Quyidagi belgilar kuzatilishi mumkin:
Lokalizatsiyali og’riqlar, shuningdek, burunga yot jismlar kirganida ham paydo bo’lishi mumkin, bunda alomatlar darhol paydo bo’ladi — bitta burunning o’tkazmasligi, shilliq qavatning shishishi va hokazo. O’smalarda esa shunga o’xshash alomatlar vaqti-vaqti bilan kuzatilib turadi, ular asta-sekin rivojlanadi.
Allergiyalarda burun bitishi belgilari allergen bilan aloqa qilish davomiyligiga va unga nisbatan individual sezuvchanlikka bog’liq. Aksariyat hollarda bu alomat faqat noqulayliklarga olib keladi va xavfli hisoblanmaydi. Biroq kamdan-kam hollarda allergiya shilliq pardalarning shishib ketishiga va nafas olish yo’llarining to’liq bloklanishiga olib kelishi mumkin (Kvinki shishi).
Qoida tariqasida, allergiyasi bo’lgan bemorlar allergen bilan to’qnash kelganida burun bitishi keskin rivojlandi va quyidagi belgilar bilan birga namoyon bo’ladi:
Bu belgilar pollinoz uchun ayniqsa xarakterlidir. Allergiyada burun kuchli shishish tufayli bitib qoladi. Allergiya bo’lganda, birinchi navbatda shifokorga uchrab, allergenni aniqlash kerak. Natijalarga qarab, shifokor u yoki bu dori vositasini buyuradi.
Ba’zi hollarda bemorlar tumov bo’lmasa-da, burun bitishi natijasida nafas olishning qiyinlashuvidan shikoyat qilishadi. Biroq, bunday holat tushunarli sababga ega va ko’pincha vaqtinchalik muammolar bilan emas, balki LOR a’zolarining jiddiy kasalliklari bilan bog’liq bo’ladi.
Tumovsiz burun bitishi ham davolashni talab qiladi. Biroq, davolash uslubini to’liq tekshiruvlardan o’tgach va tashxis aniq bo’lganidan keyin tanlash kerak.
Agar burun vaqti-vaqti bilan, masalan ertalab, tunda, muayyan xonada bo’lganda bitadigan bo’lsa, ehtimol uning sababi quruq havo yoki allergik reaktsiya bo’lishi mumkin. Bunday holda, muammoni hal qilish uchun sharoitni o’zgartirish talab etiladi. Masalan:
O’pkaga havo og’zidan emas, balki burun orqali kirishi kerak. Burun yo’llarida havo kerakli haroratgacha isitiladi, namlantiriladi, patogenlar va chang zarralaridan tozalanadi. Bundan tashqari, burundan nafas olish o’pkaning to’liq kengayishiga sabab bo’ladi, chunki og’iz orqali nafas olayotgandan ko’ra, burun orqali nafas olishda ko’krak qafasi ko’proq kuch ishlatadi. Bu o’pkaning to’liq hajmini ishlatish va bir nafasda qonni ko’p miqdorda kislorod bilan to’yintirish imkonini beradi. Gipoksiyaning bunday profilaktikasi homiladorlikda ayniqsa muhimdir, chunki kislorod yetishmasligi homilaning rivojlanishi va onaning yurakgi bilan bog’liq muammolarga olib kelishi mumkin.
Bundan tashqari, burun bitishi organizm faoliyatida quyidagicha buzilishlarga olib kelishi mumkin:
Agar davolashga kirishilmasa, barcha kasalliklar surunkali shaklga o’tib, tez-tez xuruj qila boshlaydi.
Burun bitishining har qanday shakli davolashni talab qiladi, chunki bu xavfli asoratlarga olib kelishi mumkin. Davolash turi burun yo’llarining to’silishi sababiga bog’liq. Ba’zi hollarda xonadagi sharoitni o’zgartirish yetarli bo’ladi, boshqa hollarda jiddiy jarrohlik aralashuvi talab etiladi.
Agar muammo surunkali tabiatga ega bo’lsa, tegishli vositalar faqat tashxisga muvofiq shifokor tomonidan tanlanishi kerak. Burun yo’llarining to’silib qolishida ishlatiladigan preparatlar orasida quyidagilar mavjud:
Ular quyidagi holatlarda ishlatilishi mumkin:
Kasallikning turiga qarab, turli tomchilar tanlanishi mumkin, shuning uchun ularning samaradorligi ko’p jihatdan tashxisning to’g’riligiga bog’liq.
Tomir toraytiruvchi tomchilar — eng mashhur vositalardan biri. Dori vositalarining ta’siri vaqtinchadir (3 dan 12 soatgacha). Ular orasida eng keng tarqalganlari quyidagilar:
Ularni ehtiyotkorlik bilan qo’llash, dozirovkani oshirmaslik va 7-10 kundan ortiq vaqt davomida ishlatmaslik kerak. Shu sababli ular surunkali jarayonlarni davolash uchun mos kelmaydi. Buning sababi shundaki, tomchilarning o’zi ham ko’p qo’llanilganda burun shishini chaqirishi mumkin.
Namlantiruvchi vositalar burun yo’llarining quruqligini bartaraf etish va tomir toraytiruvchi moddalardan keyin kompleks davolash uchun ishlatiladi. Ularning aksariyati dengiz tuzi saqlovchi eritmalar bo’lib, bunday vositalar deyarli hech qanday cheklovlarsiz ishlatilishi mumkin. Ularga quyidagilar namuna bo’ladi:
Ushbu dori-darmonlarni uy sharoitida fizeritma yoki tuzlar eritmasi bilan almashtirish mumkin. Bundan tashqari, efir moylari va dorivor giyohlar asosida tayyorlangan vositalar ham mavjud.
Fizioterapiya xonasi sharoitida bemorlar sinuslarni qizdirish yoki UF nurlantirish kurslarini olishlari mumkin. Qisqa to’lqinli ultrabinafsha nurlari qon aylanishini rag’batlantiradi va shishni kamaytiradi, shuningdek patogenlarga qarshi ta’sir qilishi mumkin. Isitish esa to’planib qolgan shilliqni suyultirish, qon aylanishini yaxshilash imkonini beradi. Burun bitishi muolaja davomidayoq barataraf bo’ladi, agar kompleks terapiya qo’llansa, natijalar uzoq vaqt saqlanib turadi.
Nuqtali massaj ham ushbu holatda yordam berishi mumkin, ayniqsa burun shish yoki shilliq to’planishi natijasida bitib qolgan bo’lsa. Muolajani uy sharoitida ham bajarish mumkin — navbati bilan chakka, burun qanotlari (uchidan burun yon bo’shliqlariga qadar), yuqori lab va burun orasidagi nuqtani uqalash kerak. Qoshlar ustini uzoq bosib turish ham qon aylanishini yaxshilaydi.
Agar bemorda burun to’sig’ining jiddiy qiyshayishi bo’lsa, poliplar yoki o’smalar aniqlansa, jarrohlik aralashuvi talab etiladi.
Aksariyat operatsiyalar — endoskopik muolajalardir. Bu — operatisya burun bo’shlig’iga maxsus endoskop kiritish yordamida minimal invaziv usul bilan amalga oshirilishini anglatadi. Burunga yot jismlar kirib qolganda ham bu turdagi aralashuv amalga oshirilishi mumkin.
Burun to’sig’ini to’g’rilash uchun rinoplastika amalga oshiriladi, bunda suyak va tog’aylar korrektsiya qilinadi. Operatsiya umumiy og’riqsizlantirish ostida amalga oshiriladi va bemorning reabilitatsiyasi uchun vaqt talab etadi.
Bu muammo qadimdan ma’lumligi sababli, uni xalqona tabobat yordamida bartaraf etish usullari ham ma’lum. Buning uchun asosan fito- va aromaterapiya ishlatiladi. Dorivor o’tlar va efir moylari shishni bartaraf etish va shilliq reologiyasini yaxshilash imkonini beradi. Shu bilan birga, muolajaga ehtiyotkorlik bilan yondashish qilish kerak, chunki tabiiy vositalarning komponentlariga allergiya mavjud bo’lishi mumkin. Shuning uchun foydalanishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish va barcha efir moylarini tekshirib ko’rish kerak, masalan, tirsakka ozgina surtib ko’rish orqali.
Dorivor o’simliklar orasida, burun bitishiga qashi eng mashhur retseptlar quyidagilardir:
Toshkent sh., Yunusobod 8-kvartal, 39-uy |
Dam olishlarsiz ishlaymiz! |