Doimiy ishlovchi LOR 24/7
Toshkentda LOR 24/7!

LOR klinika markazi Hijoma Zuluk sentr Toshkent Yunusobod Chilonzor Lor 24/7 klinika

Dam olishlarsiz ishlaymiz!

Otoskleroz

Otoskleroz (oto… va skleroz) — quloq kasalligi. Bunda oʻrta quloqni ichki quloq bilan birlashtirib turadigan oval darcha sohasidagi suyak toʻqimasi oʻsib ketadi. Natijada tovush tebranishlarining eshituv suyakchalari sistemasi orqali oʻtishi qiyinlashadi yoki butunlay toʻxtaydi. Deyarli hamma vaqt ikkala quloq ogʻriydi, odatda, 16—17 yoshda, baʼzan bolalikda boshlanadi, koʻproq xotin-qizlarda uchraydi. O.da bemorning qulogʻi asta-sekin eshitmay qoladi, qulogʻi shangʻillaydi, bora-bora karlikka olib keladi. Kasallik baʼzan juda sekin rivojlanadi. Kasbga aloqador baʼzi zararliklar (shovqin, vibratsiya va boshqalar) hamda infeksion kasalliklar, shuningdek, homiladorlik va tugʻish koʻpincha O.ni kuchaytiradi. Kasallikka koʻproq ichki sekretsiya bezlari funksiyasining buzilishi, eshituv organining kuchli tovush taʼsirida zararlanishi sabab boʻladi. Kasallikning boshlangʻich davrida doridarmonlar bilan eshitishni bir oz yaxshilash va quloq shangʻillashini pasaytirish mumkin, shuningdek, eshitish apparatlari ham yaxshi foyda beradi.

LOR klinika markazi Hijoma Zuluk sentr Toshkent Yunusobod Chilonzor Lor 24/7 klinika

Toshkent sh., Yunusobod 8-kvartal, 39-uy
Mo'ljal: Sezam restorani roʻparasida, Mega Planetdan 700m

LOR klinika markazi Hijoma Zuluk sentr Toshkent Yunusobod Chilonzor Lor 24/7 klinika

Dam olishlarsiz ishlaymiz!