Dam olishlarsiz ishlaymiz! |
Quloq pardasi (nog’ora parda) — tashqi quloqni o’rta quloqdan ajratadigan membrana. Ushbu tuzilimaning asosiy vazifasi — ovozni uzatishdir. U ovoz uzatish zanjiridagi birinchi halqa hisoblanadi. Nog’ora parda eshituv suyaklari bo’ylab eshitish tizimining chuqurroq qismlariga ovozli tebranishlarni sifatini buzmagan holda uzatish imkonini beradi.
Quloq pardasining teshilishi yoki yirtilishi eshitish qobiliyatini vaqtinchalik yoki qayta tiklanmas darajada yo’qotish, o’rta quloqqa infektsiya tushishi, pardaning noto’g’ri yoki faqat qisman bitishi bilan xavf tug’diradi. Quloq nog’ora pardasining yaxlitligi buzilishi hayot sifatini sezilarli darajada pasaytiradi. Shu sababli ushbu holatning asoratlari yetarlicha jiddiy.
Eshitishning qayta tiklanishi prognozi bu holatda vaziyatning sabablari, teshilish darajasi va ko’rsatilgan terapevtik chora-tadbirlarga bog’liq bo’ladi.
Ko’pincha nog’ora parda perforatsiyasi quyidagi hollarda uchraydi:
Ba’zida yiringli otit aniqlansa, yiringning chiqishini ta’minlash, eshitish naychasini ventilyatsiyasini tiklash va og’riq sindromini bartaraf etish uchun quloqni jarrohlik usulida majburiy teshishga murojaat qilinadi.
Quloq pardasi teshilsa, ko’pincha unga kuchli og’riq hamrohlik qiladi. Bundan tashqari, quyidagi belgilar ham qo’shilishi mumkin:
Ba’zi hollarda parda yaxlitligining buzilganligini vizual tarzda aniqlash mumkin. Buning uchun maxsus voronka ishlatiladi, quloq suprasi ortga tortilganda ko’rik o’tkazish imkoni paydo bo’ladi.
Batafsilroq tekshiruv otoskopiya usulida o’tkaziladi. Antibiotikoterapiya buyurish kerak bo’lsa, bakteriologik tekshiruv uchun infektsion agentning antibiotiklarning turli guruhlariga sezgirligini tekshirish uchun quloqdan material olinadi. Bu esa, eng samarali dori-darmonlarni tanlash va otitning surunkali shakl olishiga to’sqinlik qilish imkonini beradi.
Bir qator hollarda (statistikaga ko’ra 55%) yorilgan quloq nog’ora pardasi hech qanday aralashuvsiz mustaqil tiklanadi. Bitib ketish tanadagi har qanday jarohatda bo’lgani kabi, tabiiy ravishda sodir bo’ladi. Jiddiy klinik holatlarda jarrohlik davolash kerak bo’lishi mumkin (meringoplastika va timpanoplastika). Jarohat juda katta bo’lsa yoki jiddiy uzoq muddatli yiringlanish jarayoni parda yaxlitligini tabiiy ravishda tiklanishiga xalaqit qilsa, jarrohlik yordami talab qilinadi.
Operatsiya umumiy yoki mahalliy anesteziya ostida o’tkazilishi mumkin. Agar teshikni yopish uchun material kerak bo’lsa, ko’pincha buning uchun quloq suprasi ustidagi teri olinadi. Manipulyatsiya mikroasboblar va o’z-o’zidan so’riladigan choklarni qo’llash orqali mikroskop nazorati ostida amalga oshiriladi.
Postoperatsion reabilitatsiya quloq ichida antibiotik eritmasi bilan namlangan tampon taqishni talab qilishi mumkin. Bundan tashqari, tiklanish davrida qat’iy rioya qilinishi kerak bo’lgan bir qator tavsiyalar mavjud:
Quloq nog’ora pardasining teshilishi yoki yirtilishiga ishora qiluvchi har qanday belgi yoki quloqda noqulay hislar yoki og’riq sezilganda shifokorga uchrashish kerak. O’rta va ichki quloq har qanday jarohat va kasalliklar uchun sezgir bo’lgan nozik mexanizm sanaladi. Eshitish qobiliyatini yo’qotmaslik uchun o’z vaqtida davolashni boshlash kerak.
Toshkent sh., Yunusobod 8-kvartal, 39-uy |
Dam olishlarsiz ishlaymiz! |